Dunyo barqaror Markaziy Osiyoga muhtoj – Si Szinpin
Olam
−
19 may 2023
9664Xitoy rahbari Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti chog‘ida dunyo barqaror Markaziy Osiyoga muhtojligini aytdi. Shu munosabat bilan u mintaqada xavfsizlik va suverenitetni saqlashga chaqirdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.
“Markaziy Osiyoning suvereniteti, xavfsizligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi saqlanib qolishi, Markaziy Osiyo xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘li hurmat qilinishi kerak”, dedi u.
Si Szinpin mintaqada barqarorlikni saqlash, tinchlik, totuvlik va osoyishtalikka intilish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida 18 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan ikki tomonlama muzokaralar va natijada 41 ta hujjat imzolangandi. Davlat rahbarlari Qo‘shma bayonotni imzolab, 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida yangi davrdagi har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish dasturini qabul qilgan.