Dunyo aholisining yarmi 2021 yilni umid bilan kutmoqda

Bu qiziq

image

Dunyo aholisining deyarli yarmi, ya’ni, 43 foizi kelayotgan 2021 yildan umid qilmoqda. Bu haqda "Gallup International" mustaqil tadqiqot agentliklari assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga asoslanib xabar berilgan. 

Tadqiqot 41 ta mamlakat o‘rtasida o‘tkazilgan. 

Natijalarga ko‘ra, aholisi eng optimist davlatlar Nigeriya, Indoneziya va Ozarbayjon bo‘lgan. Buyuk Britaniya, AQSH, Finlyandiya, Qirg‘iziston va Hindiston mamlakatlari aholisi ham optimist kayfiyatda Yangi yilni qarshilamoqda.

Italiya, Gonkong va Bolgariya, Polsha, Chexiya, Tailand, Serbiya, Janubiy Koreya, Turkiya Rossiya mamlakatlari aholisida esa pessimist kayfiyat qayd etilgan.

"Gallup International" mustaqil tadqiqot agentliklari xalqaro assotsiatsiyasi har yili yil yakunlari bo‘yicha global so‘rovnoma doirasida kelgusi yil uchun taxminlarni so‘raydi. Joriy yilning noyabr-dekabr oylarida o‘tkazilgan so‘rovnomada 41 ta mamlakatdan 38 mingdan ortiq odam ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yangi yil

Baholaganlar

78

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing