Dunyo aholisi qachon 8 milliardga yetishi aytildi

Olam

image

Yer sayyorasining aholisi 2022 yil noyabr oyida 8 milliardga yetadi. BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departamenti shunday prognozni e’lon qildi.

“Prognozlarga ko‘ra, 2022 yil 15 noyabrga qadar dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yetadi”, deyiladi hujjatda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilda dunyo aholisi 8,5 milliardga ko‘tarilishi mumkin. 2050 yilga kelib Yer aholisi soni 9,7 milliardga, 2100 yilga kelib esa 10,4 milliardga yetadi.

Tashkilotning fikricha, 2050 yilga kelib dunyo aholisining prognoz qilinayotgan o‘sishining yarmidan ko‘pi atigi sakkizta davlatda, jumladan Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, taxminan 2027 yilda Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlat bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda dunyo aholisining o‘sish sur’ati sekinlashib, 1950 yildan beri birinchi marta yiliga 1 foizdan pastga tushgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing