Duda Si Szinpin bilan Rossiya-Ukraina mojarosini muhokama qildi

Olam

image

Polsha Prezidenti Anjey Duda Pekinga tashrifi doirasida Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashib, u bilan Ukraina va o‘zaro savdoni kengaytirish borasida muzokaralar olib bordi. Bu haqda Dudaning matbuot xizmati xabar berdi.

Xalq majlislari zalida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Duda Si Szinpinga NATOga a’zo Polsha bilan Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamligicha qolayotganini aytdi. O‘z navbatida, Si Szinpin ham munosabatlarni do‘stona deb ta’rifladi.

“Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganidan buyon o‘tgan 75 yil davomida ikki tomonlama munosabatlar izchil rivojlanib, ikki davlat o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlikka doimiy ravishda yangi kuch-g‘ayrat kiritmoqda”, degan Xitoy rahbari.

Muzokaralar mavzularidan biri Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘ldi. Duda Polshaning mojaro, Rossiya va uning ittifoqchisi Belarusning Polsha chegarasida ko‘rsatayotgan migratsiya bosimi, Yevropadagi xavfsizlik va tinchlik zarurati haqidagi fikrlarini batafsil bayon qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Pol'sha Si Tszin'pin Anjey Duda

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing