Dubayga fohishalikka yuborilayotgan ayol aeroportda to‘xtatildi
Jamiyat
−
19 mart 2019
7213Joriy yilning 14 mart kuni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida fohishalikka yuborilayotgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Jizzax viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, xalqaro aeroportda Buxoro viloyatida yashovchi 35 yoshli N.Sh. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahriga 21 yoshli N.J. ismli ayolni shahvoniy maqsadlarda foydalanish uchun yuborayotgan vaqtida qo‘lga olindi.
Surishtiruv davomida N.Sh. Dubay shahrida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanuvchi “Shaxnoza” ismli ayol bilan oldindan til biriktirib, uning ko‘magida N.J.ga aviachipta sotib olganligi va N.J. Dubay shahriga yetib borgandan so‘ng, avvaliga 3500 AQSH dollari ishlab berishi kerakligi aniqlandi.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi