Dubayda og‘ir ahvolga tushgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat
−
14:45 538 1 daqiqa
Dubayda ish topa olmay, O‘zbekistonga qaytish uchun mablag‘siz qolgan o‘zbekistonlik mamlakatga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, fuqaro U.R. BAAga ishlash maqsadida borgan. Biroq u xorijga chiqishdan avval O‘zbekiston Migratsiya agentligiga murojaat qilmagan va Amirlikka borgach, mustaqil ravishda ish izlay boshlagan.
Munosib ish topa olmagani sababli moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan fuqaro yashash va ovqatlanish, shuningdek, O‘zbekistonga qaytish uchun aviachipta sotib ololmagan.
Bosh konsulxona diplomatlari uning holatini o‘rganib, vaqtinchalik turarjoy va oziq-ovqat bilan ta’minlagan. Shuningdek, Dubaydan O‘zbekistonga qaytishi uchun zarur amaliy yordam ko‘rsatilgan.
“Shu munosabat bilan xorijda mehnat faoliyatini rejalashtirayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Migratsiya agentligiga oldindan murojaat qilish qat’iy tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Olmaota shahrida qurilish vaqtida balandlikdan yiqilib, og‘ir tan jarohati olgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytarilgani haqida xabar berilgan edi.