Dubayda xo‘jayinini jodulagan xizmatchi ayol qamaldi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mayda bezorilik bo‘yicha sud 25 yoshli osiyolik uy xizmatchisini ish beruvchisini sehr-jodu qilgani uchun bir oy qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Khaleej Times” xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ish beruvchi ruhan va jismonan charchaganini, bunga xizmatkori unga zarar yetkazish uchun qora sehrdan foydalanayotgani sabab bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Jabrlanuvchida sudlanuvchi o‘zini g‘ayrioddiy tuta boshlagach va yarim tunda hammomda g‘alati shivir-shivirlarni eshitgach, unga nisbatan ba’zi shubhalar paydo bo‘lgan.

Ish beruvchi xizmatchi bilan yuzma-yuz kelganida, u sehr-jodu qilganini rad etgan. Jabrlanuvchi xizmatkorning telefonini tekshirgandan so‘ng, ayol jodugarlik qilish uchun notanish kimsa bilan gaplashganini aniqlagan. Ish beruvchi, shuningdek, xizmatkorning xonasidan jodugarlik suratlari, qo‘g‘irchoq va qonga botirilgan mato bo‘lagini topgan.

So‘roq paytida xizmatchi “dindor kishi” bilan muloqot qilish uchun qarindoshlaridan biri bilan bog‘langanini tan olgan. Erkak 200 dirham evaziga ish beruvchi ayolga yomon munosabatda bo‘lmasligi va ishlashga majburlamasligi uchun duo qilishga va’da bergan.

Ayoldan qo‘g‘irchoq haqida so‘rashganda, uni eri boshqa ayolga uylanishidan to‘xtatib turishi uchun qishlog‘idan olib kelganini aytgan.

Uy ishchisi jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborilgan va sud sudlanuvchini bir oyga qamoqqa olish va qamoq muddatini o‘tab bo‘lgach, mamlakatdan deportatsiya qilish haqida qaror chiqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Dubay

Baholaganlar

929

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing