Dubay sahroda ko‘p qavatli issiqxona quradi

Bu qiziq

image

Dubay sahroda ekologik shaharcha quradi. Ayni paytda ushbu shaharchaning loyihasi tasdiqlangan bo‘lib, u o‘z ichiga ko‘p qavatli issiqxona, agrotexnologiya instituti, ekoturizm va sog‘lomlashtirish markazini oladi. Bu haqda “Archdaily” sayti xabab berdi.

Ekologik shaharchani qurishdan maqsad Dubayga sifatli sabzavot-mevalarni yetishtirib va yetkazib berish, megapolisdan chiqayotgan zararli gazlarni kamaytirishdan iborat. 10 ming ish o‘rni yaratilishi kutilayotgan shaharchani nafaqat ishlab chiqarish, balki sayyohlik zonasiga aylantirish ham rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, bu majmua sho‘rlangan suvni qayta ishlash, chiqindilarni saralash va qayta ishlab chiqarishga iqtisoslashgan shaharga aylanishi kutilmoqda. Bundan tashqari, o‘simlik poyasiga o‘xshab ketuvchi issiqxonada sayyohlar uchun bo‘lmalar va ochiq ayvonlar ham quriladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Dubay issiqxona agrotexnologiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing