Dubay amirining akasi Shayx Hamdan bin Rashid vafot etdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklarida 40 yildan beri Dubay Moliya vazirligini boshqargan Hamdan bin Rashid Al-Maktum vafot etdi. U amirlikning amaldagi hukmdori Muhammad bin Rashid Al Maktumning akasi edi. Bu haqda amir o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Biz hammamiz Yaratganga tegishlimiz va hammamiz unga qaytamiz. Alloh sizga rahm qilsin, mening birodarim, tayanchim, do‘stim“, deyiladi xabarda.

 

“Al jazeera“ning yozishicha, o‘tgan yilning oktyabr oyida 75 yoshli Hamdan Al-Maktum chet elda operatsiya qilingan. Reabilitatsiya kursidan so‘ng, u Dubayga qaytib kelgan. Operatsiya tafsilotlari va u amalga oshirilgan joy haqida ma’lumot berilmagan.

Hamdan Al-Maktum – 1990 yilda vafot etgan Dubay amiri Shayx Rashid bin Said Al Maktumning ikkinchi katta o‘g‘li. U Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Vazirlar mahkamasi tuzilgan yildan beri Dubay Moliya vazirligiga rahbarlik qilgan.

“Gulf News“ ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan asrning 70 yillaridan boshlab Hamdan Al-Maktum amirlik sanoatini boshqargan, Dubay munitsipaliteti hamda mahalliy Savdo palatasi va ba’zi davlat kompaniyalariga rahbarlik qilgan.

Ilgari Shayx Xalqaro valyuta fondi va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti (OPEK) da rasmiy ravishda Dubay vakili sifatida qatnashgan. Bundan tashqari, u 1995 yildan beri Dubayning Bosh vaziri bo‘lgan ukasi amir Muhammadning o‘rinbosari ham hisoblangan.

2006 yilda u dunyoda birinchi bo‘lib London Qirollik kollejining birdaniga uch diplomini, shuningdek tibbiyot bo‘yicha stipendiyasini oldi. Shayx tibbiyot fanlari uchun har yili o‘tkaziladigan xalqaro tibbiyot mukofoti – Sheikh Hamdan Bin Rashid Al Maktoum Award for Medical Sciences“ asoschisidir.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing