DSQ “shubhali” soliq to‘lovchilar soni 500 dan oshganini ma’lum qildi

Jamiyat

image

Avvalroq Davlat soliq qo‘mitasi avvalroq qonuniy biznes yuritishning nufuzini oshirish hamda “halol” tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, soliqlarni to‘lashdan qochishning turli yo‘llaridan foydalangan 396 ta “shubhali” korxonalar ro‘yxatini e’lon qilgan edi.  Hozirda ularning soni 500 dan oshgan. Bu haqda qo‘mitaning Matbuot ximati xabar berdi

Qayd etilishicha, mutaxasssislar tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida shubhali tadbirkorlik sub’ektlari soni 500 tadan ko‘p ekani ma’lum bo‘lgan. 

Tahlika-tahlil dasturi orqali olib borilgan tahlillar yakuniy natijalariga ko‘ra, dastlabki aniqlangan 396 ta shubhali korxona qatoriga yana 129 ta korxona qo‘shilib, ular soni 525 taga yetgan. 

Tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu shubhali korxonalar kontragentlarining shaxsiy kabinetlari orqali asossiz hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritishlari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing