DSQning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida Davlat statistika qo‘mitasi xodimi tadbirkordan pora olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 2 mart kuni Toshkent shahar IIBBga MCHJ rahbari ariza bilan murojaat qilgan. Unda u rahbarlik qilayotgan firma haqida Statistika qo‘mitasining elektron hisoblariga rekvizitlar xatolik bilan kiritilganligi sababli Davlat statistika qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilganida, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosarlaridan biri firmaning STIR raqamlarini to‘g‘rilab, elektron o‘zgartirish kiritish uchun 200 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni Toshkent shahar IIBB boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirja DSQning Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosarlaridan biri ariza muallifidan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing