DSQdan faraz: shakar narxi arzonlashdi
Jamiyat
−
16 dekabr 2022
12299O‘zbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida piyoz, sabzi, guruch narxlari oshgan, shakarning narxi esa arzonlashgan. Bu haqdagi farazni Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, qo‘mita iste’mol tovarlarining minimal va maksimal narxini aniqlagan. Unga ko‘ra, 1 kilogramm shakar narxi 11 ming so‘mdan 15 ming so‘mgacha yetadi. Suyakli mol go‘shti esa 48 ming so‘mdan 78 ming so‘mgacha sotilmoqda.
2022 yil 14 dekabr holatiga ko‘ra, iste’mol uchun muhim mahsulotlarning narxi bilan tanishing:
• Suyakli mol go‘shti (1 kg) – 48 000 – 78 000 so‘m;
• Qo‘y go‘shti (1 kg) – 55 000 – 91 000 so‘m;
• Kartoshka (1 kg) – 3000 – 6000 so‘m;
• Piyoz (1 kg) – 2500 – 6000 so‘m;
• Sabzi (1 kg) – 2000 – 5 500 so‘m;
• Tuxum (10 dona) – 10 000 – 17 000 so‘m;
• Guruch (1 kg) – 6000 – 27 000 so‘m;
• O‘simlik yog‘i (1 litr) – 16 500 – 30 000 so‘m;
• Shakar (1 kg) 11 000 – 15 000 so‘m.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi raqamlar supermarket va do‘konlardagi narxlarni aks ettirmaydi. Biroq qo‘mita narxlar aynan qaysi bozorlardan olingani, qayerdan aynan shu narxda mahsulot xarid qilish mumkinligini ham ochiqlamagan.
LiveBarchasi