Dron olib kelayotgan edi, o‘xshamadi

Jamiyat

image

Turli ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklarining yashirin yo‘llar bilan yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlar bojxona xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.

Jumladan, “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan fuqaro F.S.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va u belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. 

 Natijada ushbu shaxsning yuklari orasidan bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Hozirda holat bo‘yicha bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 2 may kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

bojxona dron

Baholaganlar

41

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing