“Dori-Darmon”ga yangi rais tayinlandi
Jamiyat
−
28 fevral 2019
8477Kecha, 27 fevral kuni “Dori-Darmon” AK kuzatuv kengashining tegishli qarori bilan kompaniya boshqaruvi raisi raisi Ravshan Rustamovich Azimov vakolati muddatidan oldin tugatilgan.
Kuzatuv kengashining mazkur qarori bilan, shuningdek, Umida Saidovna Salihboyeva “Dori-Darmon” AK boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Shuningdek, ilgari yuborilgan bildirishnoma asosida Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan “Dori-Darmon” AK ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi bitim bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida United Investment Healthcare Group (AQSH) kompaniyasi sho‘’ba tuzilmasi bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.
LiveBarchasi