Donald Tramp va Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi qachon va qayerda o‘tishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Joriy yilning 27-28 fevral kunlari KXDR yetakchisi Kim Chen In va AQSH prezidenti Donald Trampning navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Ikki davlat rahbarining ikkinchi uchrashuvi Vetnam poytaxti Xanoy shahrida o‘tishi belgilangan.

Kim Chen In va Donald Trampning ikkinchi uchrashuvidan avval KXDR o‘z rivojlanishining “tarixiy burilish nuqtasidan” o‘tayotgani ta’kidlanyapti.

“Bizning mamlakat tarixiy burilish nuqtasida. Bog‘ichlarni mahkam bog‘lab, oldimizga yuqori maqsadlarni qo‘yib, tez yugurish vaqti keldi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va KXDR davlat rahbarlarining birinchi tarixiy uchrashuvi o‘tgan yilning 12 iyun kuni Singapurda bo‘lgandi. Sammit yakunida Donald Tramp va Kim Chen In qo‘shma hujjat imzolagan. Unga ko‘ra, rasmiy Vashington xavfsizlikni kafolatlashi evaziga KXDR to‘la denuklearizatsiya o‘tkazish majburiyatini olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-KXDR Donal'd Tramp Kim Chen In V'etnam

Baholaganlar

52

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing