Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun Xitoydan mutaxassislar keladi
Jamiyat
−
20 mart 2020
7758Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash maqsadida Xitoydan bir guruh mutaxassislar O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.
“Prezidentimiz xitoylik mutaxassislarni maxsus reys bilan O‘zbekistonga olib kelib, profilaktika tadbirlari bo‘yicha maslahat va ko‘mak olish bo‘yicha topshiriq berganlar. Bu tez kunda sodir bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda ham har bir qadamda Xitoy tajribasi inobatga olinmoqda”, Davlat Bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 33 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi