Tramp endi sharhlovchi. U 11 sentyabr teraktlariga bag‘ishlangan boksni sharhlashi kutilmoqda

Sport

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Florida shtatida 11 sentyabr voqealarining 20 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan boks kechasining markaziy jangini sharhlaydi. Unda amerikalik bokschi Evander Xolifild va braziliyalik Vitor Belfort jang qiladi.

“Men bu ikki bokschi o‘rtasidagi jangni ko‘rishni orziqib kutaman va bu haqda ringda o‘z fikrlarimni aytaman”, deydi Donald Tramp.

AQSHning 45-Prezidenti hisoblangan Tramp 2017 yilning 20 yanvaridan 2021 yilning 20 yanvarigacha AQSH rahbari sifatida ishlagan. Jangni u bilan birgalikda o‘g‘li kichik Donald Tramp sharhlab boradi.

Eslatib o‘tamiz, Xolifild 1984 yilgi Olimpiya o‘yinlarining yarimog‘ir vazn toifasida bronza medal sovrindori bo‘lgan. U professional boks tarixida og‘ir vazn toifasida to‘rt karra jahon chempioni bo‘ldi. “The Ring” jurnali tomonidan Xolifild uch marta yilning eng yaxshi bokschisi, deb topilgan (1987, 1996, 1997). 58 yoshli amerikalik bokschi faoliyati davomida 57 ta jang o‘tkazib, 44 marta g‘alaba qozongan (shulardan 29 tasini nokaut bilan), 10 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Vitor Belfort yarimog‘ir vazn toifasida UFC sobiq chempioni hisoblanadi. 44 yoshli braziliyalikning hisobida 26 g‘alaba va 14 mag‘lubiyat bor. U 2018 yilda professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp 11 sentyabr' Evander Xolifil'd Vitor Bel'fort

Baholaganlar

77

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing