Don korxonalaridagi davlat ulushi ommaviy savdolarga chiqarildi
Biznes
−
01 avgust 2022
8812Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari (keyingi o‘rinlarda – davlat aktivi)ning ommaviy savdolari jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi.
Davlat aktivini sotish ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Bunda:
birinchi bosqichda – talabgorlar oldindan malakalanadi (saralanadi), jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning to‘liqligi, zakalat pulining kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi ko‘rib chiqiladi;
ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va to‘lovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda to‘lov qobiliyati baholanadi.
Savdoning birinchi bosqichida ishtirok etish uchun talabgorlar tomonidan 2022 yil 6 sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar (Toshkent vaqti bilan) o‘zbek yoki rus yoxud ingliz tillarida (talabgorning ixtiyoriga ko‘ra) mazkur e’lonning 1-ilovasi (jismoniy shaxslar 1 a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (imzolangan holda), quyidagi hujjatlarning skaner qilingan shakli (kodlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi:
a) yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma va uning ustavi nusxalari (talabgor tomonidan tasdiqlangan holda);
hujjatlar topshirilgan sanaga talabgor, uning ta’sischisi va/yoki benefitsiarining to‘liq ro‘yxati (agar to‘lovga ta’sischi va/yoki benefitsiarning mablag‘i jalb etilishi ko‘zda tutilayotgan bo‘lsa, talabgorning ustav kapitalidagi tegishli ulushlarini va miqdorini ko‘rsatgan holda);
davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
b) jismoniy shaxslar uchun:
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun), pasport ma’lumotlari;
davlat aktividan kelgusida foydalanish yo‘nalishlariga qo‘yilgan talabdan kelib chiqqan holda undan foydalanishning biznes konsepsiyasi loyihasi;
Davlat tender komissiyasi tomonidan savdoning birinchi bosqich yakunlari bo‘yicha qarori qabul qilingan kundan boshlab, 3 ish kuni mobaynida jarayonning birinchi bosqichi natijalari bo‘yicha Davaktiv agentligi tomonidan o‘zining rasmiy veb sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallari orqali axborot beriladi hamda birinchi bosqichda ishtirok etgan barcha talabgorlarga rasmiy xabarnoma yuboriladi.
Davaktiv agentligining rasmiy veb saytida savdoning ikkinchi bosqichi boshlanganligi to‘g‘risidagi e’lon chop etilgan kundan boshlab 5 ish kuni ichida savdoning ikkinchi bosqichida qatnashish uchun mazkur e’lonning 2-ilovasi (jismoniy shaxslar 2a-ilovasi)dagi ariza namunasi to‘ldirilib (tasdiqlangan holda) “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar taqdim etiladi.
Alohida shartlar:
• talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta davlat aktivi bo‘yicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir davlat aktivi bo‘yicha takliflar alohida beriladi;
• kamida besh yil davomida don korxonalarining asosiy faoliyat turi saqlab qolinadi va mavjud don saqlash sig‘imlari kamaytirilmaydi;
• qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq to‘lash evaziga saqlab beriladi;
• davlat aktivi bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilganda dastlabki to‘lov summasi 35 foizdan kam bo‘lgan holatlada qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilangan tartibda yillik foizlar hisoblanadi;
• davlat aktivini sotib olish bo‘yicha birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan hollarda, savdolar o‘tkazilmagan deb e’tirof etiladi;
• talabgor davlat aktivini sotib olish to‘lovini bir oydan ko‘p muddatlarda (ko‘pi bilan 36 oy) amalga oshirishni taklif etganda, uning narx taklifi ushbu muddatlarni inobatga olgan holda, belgilangan tartibda joriy qiymatga keltirib baholanadi;
• savdo yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi bilan Davaktiv agentligi tomonidan xabarnoma yuborilgandan keyin belgilangan tartibda oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtiriladi (fors-major holatlari bundan mustasno) va savdolarga qatnashish uchun to‘langan zakalat puli davlat aktivi xarid to‘lovining bir qismi sifatida qabul qilinadi;
• davlat aktivi savdolari yakunlari bo‘yicha g‘olib tomonidan to‘lanadigan xarid qiymatiga chegirma qo‘llanilmaydi;
• savdolar yakunlari bo‘yicha savdo g‘olibi tomonidan oldi-sotdi shartnomasini tuzish rad etilsa yoki undan voz kechilsa, u tomonidan to‘langan zakalat puli miqdori qaytarilmaydi;
• Davlat tender komissiyasi yoki Ishchi organ o‘z xohishiga ko‘ra hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmagan holda, har qanday vaqtda savdoni to‘xtatishi hamda savdo jarayonida talabgorlardan qo‘shimcha va/yoki aniqlashtiruvchi ma’lumotlar so‘rashi mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring davaktiv.uz
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing
YouTube'da bizni kuzatib boring
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi