Domlaning aytganini qil, qilganini... Niqobsiz Bayden “radar”ga tushdi (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden jamoat joyida, aniqrog‘i do‘konda niqobsiz yurgani aks etgan videolavha tarqaldi. Davlat rahbarining karantin qoidalariga rioya qilmagani jamoatchilik orasida tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etish kerakki, Baydenning o‘zi muntazam ravishda aholini niqob taqishga targ‘ib qilib keladi. 

“Fox News” xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Bayden dam olish kunlarini Atlantika okeanidagi Nantaket orolidagi tanishlarining uyida o‘tkazmoqda. Niqob bilan bog‘liq holat katta ehtimol bilan aynan o‘sha yerda yuz bergan.

 

“Dam olish kunlarida Prezident Jo Baydenni do‘konda niqobsiz holda xarid qilayotganini ko‘rishdi, uning o‘zi amerikaliklarni bir necha bor niqob taqishga undagan”, deyiladi telekanal xabarida.

Qayd etilishicha, Bayden shanba kuni do‘konda bo‘lganida niqobni bo‘yniga tortgan holda xaridlarni amalga oshirgan. Vaholanki, do‘konga kiraverishda mijozlarga niqob taqish kerakligini eslatib turuvchi belgi osib qo‘yilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

304

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made