“Dom otdix”lardagi narxlar qachon cho‘ntakbop bo‘ladi?
Jamiyat
−
18 avgust 2020
6689Respublika bo‘ylab yoz mavsumida barcha fuqarolar tog‘ va tog‘oldi hududlariga dam olishga chiqishadi. Lekin bu yerdagi narx-navolarni barchani cho‘ntagi birdek ko‘tara olmasligi ham ayni haqiqat. Bu narxlar qachon barchaning qurbi yetadigan darajada bo‘ladi? o‘zi shunday bo‘lishi mumkinmi?
Bu savolga Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov javob berdi.
“Karantin davrida fuqarolarimiz chet ellarga dam olishga borisha olishmadi. Bu davrda Toshkent viloyatidagi barcha dam olish maskanlaridagi narxlar oshib ketdi. Bularni hisobga olgan holda davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, bizga Bo‘stonliq tumanining o‘zida 45 ta yangi loyiha belgilab berildi. Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak birgina 2020 yilning o‘zida Toshkent viloyati uchun jami 47 ta yangi loyihalar belgilangan bo‘lsa, shunga yangi qo‘shimcha 45 ta loyiha aynan shu Bo‘stonliq tumanida joriy etiladi. Bu esa o‘z navbatida narx-navoga o‘z tasirini o‘tkazadi”, dedi Faxriddin Davrukov.
Avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bo‘stonliq tumanida turizm salohiyati yuqori ekanligi, lekin uzoq yillar davomida bundan yetarlicha foydalanilmagani haqida gapirgandi.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi