“Dom”larning yerto‘lasida xonadonlar quriladi
Jamiyat
−
10 mart 2022
21223O‘zbekistonda ko‘p qavatli turar-joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlari quriladi. Bu haqda kecha, 9 mart kuni Qurilish vazirining o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkazilgan Matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Anjumanda ko‘p qavatli turar-joylarning yerto‘la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi manfaatdor vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqilgani qayd etilgan.
Bosh loyiha institutlari tomonidan 5, 7, 9, 12 va 16 qavatli turar-joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar ishlab chiqilgan. Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan.
Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi “Energiya tejamkor devorbop to‘suvchi konstruksiyalar, binolar qurilishida avtoklavli silikatli gazobeton konstruksiyalarini qo‘llash” nomli davlat standarti ishlab chiqilgan.
Mazkur standart Qurilish vazirligining Texnik kengashida muhokamadan o‘tkazilgan. Qurilish vazirligi saytida uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ular dislokatsiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqalarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasi yaratilgan.
LiveBarchasi