“Dolzarb 40 kunlik”da qo‘lga olinganlarga hukm o‘qildi

3-sahifa

image

2023 yilning dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari doirasida Niyoz Ibodov ismli shaxs tovlamachilikda ayblanib, qo‘lga olingandi. Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasiga tayanib xabar berdi.

1954 yilda tug‘ilgan Niyoz Ibodov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi bilan ayblangandi. O‘sha vaqtda u bilan birga yana 8 nafar shaxs qo‘lga olingandi.

Niyoz Ibodovga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qo‘llab, 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

“Jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tattirilsin. Jazoni o‘tash muddati 2023 yil 17 dekabrdan boshlab hisoblansin. Ibodovning ehtiyot chorasi aslicha qamoqda qoldirilsin”, deyiladi QALAMPIR.UZ tahririyatiga kelib tushgan hujjatda.

Shuningdek, Niyoz Ibodov “Navoiy avtosavdo” MCHJ ta’sischisi ekani aniqlangan.

Ibodovdan tashqari yana bir necha shaxslarga ham hukm o‘qilgan.

Xususan, Bahodir Sultonovga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. U Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan. U bundan oldin bir necha marotaba sudlangani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Ziki Eskishahar” laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qilgandi.

 


Maqola muallifi

Teglar

Dolzarb 40 kunlik Niyoz Ibodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing