Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
11 iyul 2023 13959 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 18,54 so‘mga oshdi va 11 574,13 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 73,56 so‘mga ko‘tarildi, 12 738,49 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rublining kursi 1,83 so‘mga balandladi hamda 127,95 so‘mni tashkil etdi.