Dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 5 iyun kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 26,53 so‘mga oshdi va 11 997,21 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi ham 46,41 so‘mga ko‘tarildi va 13 949,61 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 1,66 so‘mga pasaydi va 161,52 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 3,13 so‘mga oshdi va 1771,17 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa, 200 so‘mga pasaydi va 1 mln 884 ming so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 4 iyun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 52 mln 447 ming 896 so‘mga tushdi va 751 mln 995 ming 954 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing