Dollar so‘mga nisbatan qanchaga qadrsizlangani aytildi
Jamiyat
−
09 iyun 2022
19666Joriy yil mart oyining ikkinchi yarmidan bugungi kunga qadar so‘m AQSH dollariga nisbatan 5,1 foizga mustahkamlandi. Natijada, so‘mning yil boshidan qadrsizlanishi 1,6 foiz doirasida shakllandi. Bu haqda Markaziy bank Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, so‘mning AQSH dollariga nisbatan almashuv kursi 2022 yil mart oyining birinchi yarmida o‘zining yuqori darajasiga yetib, yil boshiga nisbatan 6,8 foizga qardsizlangan.
“Umuman olganda, may oyi yakunlari bo‘yicha so‘mning real almashuv kursi o‘zining uzoq muddatli trendiga yaqinlashdi (2019 yil sentyabr oyidagi darajaga nisbatan mustahkamlanish 2 foiz) va tashqi raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan dinamika hosil qilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda oltin valyuta zaxiralarining “neytrallik tamoyili” bo‘yicha Markaziy bank tomonidan ichki valyuta bozoriga aprel-may oylarida, so‘m almashuv kursning qisqa muddatda keskin mustahkamlanib ketishini oldini olish maksadida bozordan 523 mln dollarlik valyuta mablag‘lari sotib olingan.
“Umuman olganda, yil boshidan “neytrallik tamoyili” bo‘yicha ichki valyuta bozoriga intervensiya qilinmagan miqdor qariyb 1 mlrd dollarni tashkil etadi va kelgusida almashuv kursining barqarorligini ta’minlashga qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat kiladi”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi