Dollar kursi yana tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 12 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 22,37 so‘mga pasaydi va 12 135,76 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 98,88 so‘mga tushdi va 14 067,77 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,58 so‘mga pasaydi va 153,40 so‘mni tashkil etdi.

Xitoy yuani 3,13 so‘mga tushdi va 1765,92 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 29 ming 200 so‘mga oshdi va 2 mln 103 ming 200 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 11 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 16 mln 238 ming 158 so‘mga tushgan va 844 mln 134 ming 870 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar oltin bitkoin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing