Dollar kursi yana pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 46,71 so‘mga tushdi va 11 891,18 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 15,82 so‘mga pasayib, 13 753,34 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,07 so‘mga oshdi va 141,83 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 6,46 so‘mga arzonlab, 1763,93 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 1 ming so‘mga tushdi va 1 mln 827 ming 700 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 14 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 10 mln 443 ming 587 so‘mga tushdi va 746 mln 409 ming 961 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing