Dollar kursi sezilarli pasaydi
Jamiyat
−
19 may 2022
26006O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 20 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 42,37 so‘mga arzonlab, 11 088,20 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham pasaydi, 1 yevro 71,20 so‘mga tushib, 11 642,61 so‘m etib belgilandi.
Rubl kursi oshdi. Xususan, 1 rubl 2,69 so‘mga qimmatlab, 177,91 so‘mni tashkil etdi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 15 mart kuni dollar kursi 11 100 so‘mdan past bo‘lgan edi.
LiveBarchasi