Dollar kursi yana ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 4,37 so‘mga oshdi va 12 093,35 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 65,45 so‘mga ko‘tarilib, 13 867,44 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,75 so‘mga oshdi va 155,22 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 2,7 so‘mga oshib, 1787,13 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 700 so‘mga tushdi va 1 mln 837 ming 400 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 16 iyul Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 5 mln 868 ming 316 so‘mga tushdi va 775 mln 741 ming 764 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing