Dollar kursi ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 2 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,25 so‘mga oshdi va 11 820,48 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 28,32 so‘mga ko‘tarilib, 13 766,13 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,78 so‘mga oshdi va 137,51 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 2,76 so‘mga balandlab, 1758,76 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 6 ming 800 so‘mga tushdi va 1 mln 830 ming 600 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 28 avgust Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 5 mln 288 ming 264 so‘mga oshdi va 940 mln 588 ming 320 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing