Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
18 may 2694 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 19 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 32,97 so‘mga oshdi va 12 019,27 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 46,75 so‘mga ko‘tarildi va 13 984,42 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,04 so‘mga oshdi va 165,65 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 7,67 so‘mga ko‘tarildi va 1767,59 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 19 ming 400 so‘mga pasaydi va 1 mln 853 ming so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 18 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 45 mln 952 ming 435 so‘mga tushdi va 921 mln 797 ming 205 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi