Dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
25 mart 2019
8955O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 26 martdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 8389 so‘m 97 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 11 so‘m 93 tiyinga qimmatladi.
Shuningdek, yevro hamda rubl kursi ham o‘tgan haftaga nisbatan yuqorilagan. Xususan, 1 yevro kursi 9491 so‘m 57 tiyinga baholanib, 3 so‘m 44 tiyinga, 1 rubl 129 so‘m 72 tiyinga tenglashib, 63 tiyinga qimmatlagan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.