Dollar kursi ketma-ket uchinchi kun tushdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 sentyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,71 so‘mga tushdi va 11 765,76 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 49,99 so‘mga pasayib, 13 638,87 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,01 so‘mga ko‘tarildi va 139,71 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 3,16 so‘mga tushib, 1753,94 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 7 ming 400 so‘mga tushdi va 1 mln 801 ming 900 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 11 sentyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 11 mln 399 ming 192 so‘mga tushdi va 904 mln 363 ming 785 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing