Dollar kursi ketma-ket 4-kun pasaydi
Jamiyat
−
13 mart 5585 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 mart kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,76 so‘mga pasaydi va 12 081,63 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 153,27 so‘mga tushdi va 13 837,09 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 2,64 so‘mga pasaydi va 150,44 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 8,75 so‘mga tushdi va 1751,98 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 24 ming 800 so‘mga tushdi va 2 mln 61 ming 700 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun 13 mart Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 24 mln 375 ming 66 so‘mga oshgan va 876 mln 283 ming 254 so‘m etib belgilangan.