Dollar kursi keskin pasaydi
Jamiyat
−
23 yanvar 16143 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 26 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 51,97 so‘mga tushdi va 12 084,95 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi 8,8 so‘mga pasaydi va 14 182,90 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 0,68 so‘mga tushdi va 159,31 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 6,63 so‘mga pastladi va 1735,57 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 15 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 958 ming 500 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 23 yanvar Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 17 mln 799 ming 901 so‘mga tushgan va 1 mlrd 74 mln 170 ming 928 so‘m etib belgilangan.