Dollar kursi 12 ming so‘mdan oshdi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 oktyabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 48,49 so‘mga oshdi va 12 011,65 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 72,3 so‘mga ko‘tarilib, 13 462,66 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli 0,84 so‘mga oshdi va 143,17 so‘mni tashkil qildi.

Xitoy yuani 7,7 so‘mga ko‘tarilib, 1795,17 so‘m etib belgilandi.

Oltinning 1 grammi uchun narx esa 4 ming 200 so‘mga tushdi va 1 mln 800 ming 700 so‘mni tashkil qildi.

“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 17:30 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 53 mln 19 ming 72 so‘mga oshdi va 1 mlrd 53 mln 472 ming 799 so‘m etib belgilangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing