Dollar kursi 12 000 so‘mdan ko‘tarildi
Jamiyat
−
09 dekabr 10740 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10 dekabr kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 13,09 so‘mga oshdi va 12 003,18 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 12,86 so‘mga ko‘tarilib, 13 987,31 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,27 so‘mga tushdi va 156,68 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 3,1 so‘mga balandladi va 1699,18 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 2 ming 100 so‘mga oshdi va 1 mln 659 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 9 dekabr Toshkent vaqti bilan 16:00 holatida bitkoin kursi 10 mln 984 ming 545 so‘mga tushgan va 1 mlrd 83 mln 330 ming 765 so‘m etib belgilangan.
Live
Barchasi