Dollar qachon “tug‘ilgan”?

Bu qiziq

image

Kundan kunga AQSH dollarining qiymati oshib borayotgani hech kimga sir emas. Ayrim xorij OAVlari dollar qulayotgani haqida turli xabarlar tarqatayotgan bo‘lsada, hali-hanuz ushbu valyuta ko‘pgina mamlakatlarda o‘z gegemonligini saqlab qolmoqda. 

6 iyul – ramziy ma’noda dollarning tug‘ilgan kuni. Bundan 238 yil ilgari shu kuni AQSH Kongressi yangi pul birligi AQSH dollarini chiqarishga ruxsat bergan. 

Birinchi Amerika dollari 1794 yilda muomalaga kiritilgan. Bu pullar 1792 yilda Jorj Vashington tomonidan imzolangan “Tangalar to‘g‘risida”gi qonundan keyin paydo bo‘lgan. Hujjatga ko‘ra, 1 dollar 100 sentga teng bo‘lgan tizim joriy etilgan. Birinchi qog‘oz dollarlar esa 1872 yilda tangalar tanqisligi bilan bog‘liq muammoga yechim sifatida ishlab chiqarilgan.

Dollarlarda hamma vaqt ham Prezidentlarning portreti bo‘lmagan. Bunday suratlar XX asr boshlariga qadar AQSHning rasmiy valyutasida tasvirlanmagan. Birinchi dollarlarda Yunon va Rim mifologiyasi qahramonlarining tasviri aks ettirilgan. Jorj Vashington portreti birinchi marta 1 dollarlik banknotada 1869 yilda tasvirlangan. Bugungi kunda bu banknota butun dollar ishlab chiqarish hajmining 45 foizini tashkil etadi. 

1839 yil zarb qilingan bir million dollarlik valyuta odamlar orasida “Ahmoqona bosh” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Chunki aholi “suratda Ozodlik haykali juda ahmoqona ko‘rinishda”, deb fikr bildirgan.

Bugungi kunda ham ushbu valyuta bilan bog‘liq bir qancha qiziqarli ma’lumotlar bor:

  • yirtilgan yoki biron nuqson bilan chiqarilgan banknotalarni almashtirish mumkin. Buning uchun sizda pulning yarmidan ko‘pi bo‘lishi kerak;
  • barcha Amerika dollarlari paxta (75%) va zig‘ir (25%) dan tayyorlanadi;
  • AQSH har kuni 37 million banknotalarni chop etadi va bu 696 million dollarni tashkil qiladi;
  • pullarning chidamlilik darajasi har xil. 10 dollarlik banknotaning taxminiy umri 3,6 yil, 5 dollarlik banknota 3,8 yil, 1 dollarlik pul esa 4,8 va 100 dollarlik banknot 18 yil davomida xizmat qilishi mumkin. Biroq tanganing uzoq umr ko‘rish muddati 30 yildan kam emas;
  • tarixda Afro-amerikaliklar tasvirlangan dollarlar ham mavjud bo‘lgan. Ammo hozir ularning birontasini ham topa olmaymiz;
  • hozirgacha chop etilgan eng katta dollar nominali 100 ming dollar bo‘lgan va u hech qachon muomalada bo‘lmagan;
  • 20 dollarlik banknotada surati tasvirlangan odam – Endryu Jekson qog‘oz pullarga qattiq qarshi edi. U faqat oltin va kumush tangalar qonuniy to‘lov vositasi ekanligiga ishongan;

  • statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har yili Amerikaliklar 62 million dollarga teng miqdordagi tangalarni tashlab yuboradi.

Sevara Husniddinova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh dollari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing