“Dok-1 Maks”ni ishlab chiqargan kompaniyaning yana bir siropi sotuvdan olingani aytilmoqda
Salomatlik
−
29 dekabr 2022
8841Ijtimoiy tarmoqlarda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev imzosi bilan tasdiqlangan xat tarqaldi. Unda Hindistonning “Marion Biotech” komaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan yana bir dori vositasi sotuvdan olingani aytilgan.
“Respublika hududiga olib kirilgan va muomalada bo‘lgan AAS2204 seriyadagi “Ambronol” siropi 15 mg/5ml 100 ml dori vositasi ekspertiza xulosasiga ko‘ra normativ hujjatlar talabiga javob bermasligi aniqlandi”, deyiladi mazkur xatda.
Qiziq tarafi shundaki, ushbu “Ambronol” siropining ishlab chiqaruvchisi “Dok-1 Maks” dori vositalarini tayyorlagan “Marion Biotech” kompaniyasidir.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xatda “Ambronol” sirop dori vositasining realizatsiyasini to‘xtatishni, ushbu mahsulotni dorixonalardan chaqirib olish, dorixonalar tomonidan yetkazib beruvchi distribyutorga zudlik bilan qaytarish choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur xat 29 dekabr sanasi bilan imzolangan.
LiveBarchasi