Dog‘istonda tabiiy boyliklar ko‘p, lekin biz kambag‘al yashayapmiz – Habib

Sport

image

Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmuhamedov, Dog‘iston o‘lkasida tabiiy boyliklar ko‘p bo‘lishiga qaramay, tub aholi kambag‘al yashayotganidan afsusda ekanini aytib o‘tdi. 

“Bu mintaqa barcha manbalarga juda boy: odamlar, yerlar, qishloq xo‘jaligi uchun quyoshli kunlar, dengiz, tog‘lar, o‘rmon. Bilasizmi, Rossiyaning deyarli butun g‘arbiy qismi Dog‘istonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi bilan ishlaydi. Bizning o‘lkada eng yirik gidroelektrostansiyalardan biri bor. Dog‘iston juda boy mintaqa, lekin biz ijtimoiy jihatdan kambag‘al holatda yashaymiz.

Singlim ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan. Men uni olib ketdim, chunki uning uch farzandi bo‘la turib, oyiga 11 ming rubl uchun ishlaganini noto‘g‘ri, deb o‘ylayman. Xo‘sh, 11 ming rubl... Menimcha, bu noto‘g‘ri”, deydi Nurmuhamedov matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Xaver Mendes o‘zining eng yaxshi shogirdi bo‘lgan Habib Nurmuhamedovga pul qanday ta’sir qilgani, shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarga bu o‘rnak bo‘lishi lozimligi haqida gapirib bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Dog'iston Habib Nurmuhamedov Xav'er Mendes

Baholaganlar

386

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing