Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi

Jamiyat

image

Kecha, 11 dekabr kuni Qatar poytaxti Dohada O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xabar berdi.

Ochilish marosimida Baxtiyor Saidov ham qatnashdi.   

“Qatarda yurtimiz bayrog‘i hilpiray boshladi. Mamlakatlarimiz rahbarlari sa’y-harakatlari natijasida ikki tomonlama munosabatlarimiz misli ko‘rilmagan darajada rivojlanmoqda”, deb yozgan Tashqi ishlar vaziri. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 7 may kuni Qatarning Toshkentdagi elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi. Unda Baxtiyor Saidov bilan birga Qatar Tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad Al-Murayxiy ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchixona Doha Qatar Baxtiyor Saidov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing