Dohada Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Marosim poytaxtdagi “Amiri Devon” majmuasida bo‘lib o‘tgan.  O‘zbekiston yetakchisi Shavkat Mirziyoyevni Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy kutib olgan.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etgan.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.

Marosimdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Doha shahriga yetib borgan, uni Qatar Bosh vaziri – Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgandi. Shu kuni Mirziyoyev Dohada mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Doha Qatar Tamim bin Hamad Ol Soniy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing