Dohada Xoniyaning dafn marosimi oldidan xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Olam
−
02 avgust 2024
4228Tehrondagi suiqasdda halok bo‘lgan HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniyaning dafn marosimi oldidan Dohada kuchaytirilgan choralar ko‘rildi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Hamad xalqaro aeroportida tundan beri poytaxtga turli davlatlardan vakillar kelishi sababli uzun navbatlar kuzatilmoqda.
Dohadagi bir qator ko‘cha va xiyobonlar transport harakati uchun yopilgan, juma namozi va janoza marosimi bo‘ladigan Muhammad bin Abdulvahob masjidi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.
Masjid atrofiga ko‘plab mahalliy va xorijiy matbuot vakillari ham to‘plangan.
Bildirilishicha, Ismoil Xoniyaning jasadi juma namozi va vidolashuv marosimidan keyin dafn etiladi.
Ma’lumot uchun, Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Xoniya Eronning yangi saylangan Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun Tehronga bordi. Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtidagi Ismoil Xoniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi. Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyushtirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berishdan o‘zlarini tiyadi.
Ismoil Xoniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Mashal o‘rnini egallagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pokiston va Turkiyada Xoniyaning o‘limi munosabati bilan motam e’lon qilingandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar