Dneprda raketa hujumi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi (fotogalereya)
Olam
−
15 yanvar 2023
9909Kecha, 14 yanvar kuni Ukrainaning Dnepr shahrida Rossiya raketasining 9 qavatli binoga urilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati ma’muriyati rahbari Valentin Reznichenko ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina favqulodda xizmati xodimlari vayron bo‘lgan ko‘p qavatli uydan 38 kishini qutqarib olgan, ulardan olti nafari bolalar. Vayronalar ostida 21 kishi halok bo‘lgan, ulardan biri bola. 73 kishi esa jabrlangan, jumladan, ularning 14 nafari bolalar.
Ma’lum qilinishicha, raketa zarbasi oqibatida 72 ta xonadon vayron bo‘lgan, 230 dan ortiq xonadon zarar ko‘rgan, 3,5 ming tonnaga yaqin vayronalar olib tashlangan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari va binoning xavfli konstruktiv elementlarini demontaj qilish ishlari davom etmoqda.