Dmitriy Medvedevning O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
Jamiyat
−
31 may 2019 5714 1 daqiqa
Avval xabar berilganidek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida ishtirok etish uchun 29-30 may kunlari O‘zbekistonda bo‘ldi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyatida bo‘lib, Hukumat rahbarlari darajasidagi O‘zbekiston – Rossiya qo‘shma komissiyaning birinchi majlisida qatnashdi.
Shuningdek, Dmitriy Medvedev Xiva shahrida bo‘lib, shaharning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalarni tomosha qildi.
Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining O‘zbekistonga tashrifi nihoyasiga yetdi.
Dmitriy Medvedevni Urganch xalqaro aeroportidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kuzatib qo‘ydi.

Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr