DXMlarning ish vaqti “prava” sabab uzaytirildi
Jamiyat
−
25 fevral 2022
8585O‘zbekiston haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishiga, ya’ni 31 mart sanasiga sanoqli kunlar qolayotgani munosabati bilan Davlat xizmatlari markazlariga keluvchilar soni ortib bormoqda.
DXA mas’ullari tomonidan fuqarolarga ushbu davlat xizmatini ko‘rsatishda qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Yakkasaroy, Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazlarida 2022 yilning 21 fevral kunidan boshlab, “SO‘NGGI MIJOZGACHA” ish rejimi tashkil qilindi. Buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan.
Bunda, DXMlar orqali haydovchilar dushanbadan-juma kuniga qadar ertalab soat 9:00dan kechgacha hamda shanba kuni soat 09:00dan 13:00 ga qadar xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirishning so‘nggi muddati o‘tgan yili dekabr oyidan, 2022 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan va bu jarayon 4 bosqichda amalga oshirilishi belgilangan.
Eski haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
- 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
- 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
- 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentyabrgacha;
- 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.
Eslatib o‘tamiz, eski “prava”ni yangisiga almashtirish uchun nafaqat DXMlarga, balki bevosita vakolatli idora IIBB YHXB bo‘limlariga ham murojaat qilish mumkin.
LiveBarchasi