DXXning tezkor bo‘linmasi boshlig‘i Surxondaryo hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Jamiyat

image

Abdurasul Nosirjon o‘g‘li Abdurahmonov Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.

U 1990 yil Namangan viloyati Chortoq tumanida tug‘ilgan. 2012 yilda Davlat xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – yurisprudensiya, huquqshunos.

Abdurasul Abdurahmonov mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati idoralari ofitserlari tarkibida harbiy xizmatda mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2019 yildan Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tezkor bo‘linma boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

486

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing