DXXning sobiq binosi va “Malika” savdo majmuasi sotiladi

Jamiyat

image

Toshkentdagi “Malika” savdo majmuasi, Davlat xavfsizlik xizmatining soiq markaziy binosi va yana o‘nlab davlat mulklari xususiy sektorga sotiladi. Bu haq O‘zbekiston Prezidentning “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida qayd etildi.

Poytaxtning markazida Sayilgoh ko‘chasida joylashgan DXX sobiq binosi xususiy sektorga sotiladigan davlatga tegishli ko‘chmas mulk ob’ektlari ro‘yxatiga kiritilgan. Umumiy maydoni 20219 kv. m. bo‘lgan ushbu ob’ekt endilikda davlat aktivlarini boshqarish agentligi (davlat aktivi) balansiga o‘tgan.

Bundan tashqari, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Sijjak” (53,8 ming kv. m.), “Bildirsoy” (461 ming kv. m.), “Chorvoq” (761 ming kv. m.) va “Burgalik” (2556 kv. m.) dam olish maskanlari ham xususiylashtiriladi. Dastlabki uchta ob’ekt mavjud bo‘lgan barcha mulkni baholagan holda mulkiy kompleks sifatida sotuvga qo‘yiladi.

Farmonda ta’kidlanishicha, davlat ob’ektlari “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqariladi.

Davlat aktivlarini sotib oluvchilar to‘lovlarni qonunchilikda belgilangan tartibda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti asosida amalga oshirishi mumkin.

Bundan tashqari, Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi (Malika) sotuvga qo‘yiladi. 41,3 ming kv. m. maydonga ega bo‘lgan ushbu ob’ekt poytaxt hokimiyati balansida hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

128

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing