DXX “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlarini qo‘lga oldi 

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlaridan iborat noqonuniy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘zaro yig‘inlar vaqtida “Jihodchilar” oqimi g‘oyalari yo‘g‘rilgan audio-video ko‘rinishdagi materiallarni tinglab, tomosha qilgan hamda hijrat va jihod qilishga xayrixohlik bildirgan noqonuniy guruh qo‘lga olingan.

Guruhning 1969–1995 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 12 nafar a’zosi orasida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, masjid imom-noibi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar bor. 

Guruh a’zolarining yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda xotirasida diniy mazmundagi audio-video materiallar mavjud bo‘lgan uyali aloqa vositalari va fleshkartalar, shuningdek, nashriyoti ko‘rsatilmagan kitoblar borligi aniqlanib, ekspertizadan o‘tkazish uchun rasmiylashtirib olingan.

Xabarga ko‘ra, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1478

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing