DXX surxondaryolik yigitni qo‘lga oldi

3-sahifa

image

Surxondaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati internet orqali aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilgan shaxsni qo‘lga oldi.

DXXxodimlari tomonidan amalga oshirgan tezkor tadbir davomida fuqaro A.A.ning telefoni ko‘zdan kechirilgan. Natijada u Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi profilida ko‘plab diniy mazmundagi materiallarni joylashtirib tarqatgani aniqlangan.

Tarqatilgan materiallar tekshirib ko‘rish uchun DVD+R diskka ko‘chirib olinib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga yuborilgan.

Qo‘mitaning ekspertlik xulosasida A.A.ning Instagram ijtimoiy tarmog‘ida tarqatgan  videomateriallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish taqiqlanishi ma’lum qilingan.

A.A.ning harakatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining alomatlari mavjudligini inobatga olib hamda Jinoyat-protsessual kodeksining tegishli moddalari talablarini qo‘llab, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-kismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo DXX

Baholaganlar

742

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing